Muallif: TDIU
Tavsifi: “Soliq sarguzashtlari” oʻyini Oʻzbekiston soliq tizimida amalda mavjud boʻlgan soliqlarni qiziqarli tarzda oʻrganishga yordam beradi. Oʻyinchilar tosh (zarik toshlari) tashlab, harakatlanadi va har bir boʻlimga yetib kelganda, berilgan soliq masalasini yechimini topadilar. Oʻyin davomida oʻquvchilar soliq turlari, soliq stavkalari va soliqni qanday hisoblashni oʻrganadilar. Oʻyin oʻquvchilarning soliq boʻyicha bilimlarini mustahkamlashga moʻljallangan. Oʻyinda gʻolib boʻlish uchun barcha masalalarni toʻgʻri yechish kerak va “finish” katakchasiga birinchi boʻlib yetib kelish kerak. Oʻyin 8-sinf uchun “Iqtisodiy bilim asoslari” fani uchun moʻljallangan.
Mavzu: Umumiy
Ishtirokchilar yoshi: 13 - 15 yosh
Ishtirokchilar soni: 25 - 30
Davomiyligi: 25 - 30 daqiqa
Format: offline
Qoidasi: Dars avvalida oʻqituvchi oʻquvchilarni sinfdagi parta qatorlari boʻyicha guruhlarga ajratadi. Har bir guruhdan 1 tadan vakil sinf markaziga chiqadi va har bir oʻyinchi navbatma-navbat toshlarni tashlaydi va tosh raqamiga qarab oʻyin maydonchasida harakatlanadi. Oʻyinchi toʻxtagan boʻlimda berilgan soliq masalasini yechishi kerak. Agar masalani ishlay olmasa, orqaga avvalgi joyiga yaʼni yurishni boshlagan katakchaga qaytadi va navbatini kutadi. Agar ishlasa yurib kelgan katagida qoladi va navbatini kutadi. “Finish”ga birinchi yetib kelgan va barcha masalalarni toʻgʻri hal qilgan guruh gʻolib boʻladi. Masalalardan tashqari oʻyinda “Bilasizmi?” va “Bir qadam orqaga yuring” boʻlinmalari ham mavjud.
Maqsadi: Bu oʻyin oʻquvchilarga soliq tushunchalarini qiziqarli tarzda oʻrganishga va soliq savodxonligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, oʻyin soliqlarni hisoblash koʻnikmalarini rivojlantiradi.
Vazifalari:
• Soliq turlarini oʻrganish.
• Soliq stavkalarini farqlash.
Kompetensiyalar:
• Soliqlarni toʻgʻri hisoblash .
Materiallar tarkibi:
Ssenariy
“Soliq sarguzashtlari” rasmi (png va pdf fayllarda)
“Soliq sarguzashtlari” oʻyinining Canvadagi havolasi
Masalalarning yechimlari
Yuklab olish: O'yin manbasi
Statistika: 27 marta yuklab olingan
O'yinlarga qaytishDesigned by: Abduazizkhon Shomansurov