Muallif: TDIU
Tavsifi: Mazkur oʻyin oʻquvchilarning Oʻzbekiston soliq tizimi, soliqlar va ularning turlari, soliqqa tortish asoslari va soliq toʻlovchilarning huquqlari va majburiyatlari haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi. Oʻyin domino oʻyini shaklida tuzilgan boʻlib, oʻquvchilar kartochkalarda keltirilgan tushunchalarni bir-biri bilan mantiqiy bogʻlaydi. Oʻyinni yanada osonroq tushunib olish uchun domino qanday oʻynalishi boʻyicha video qoʻllanmalar koʻrib olish tavsiya etiladi. Oʻyin 8-sinf uchun “Iqtisodiy bilim asoslari” fani uchun moʻljallangan.
Mavzu: Umumiy
Ishtirokchilar yoshi: 13 - 15 yosh
Ishtirokchilar soni: 25 - 30
Davomiyligi: 25 - 30 daqiqa
Format: offline
Qoidasi: Dars avvalida oʻqituvchi oʻquvchilarni 4 nafarli ishtirokchilari boʻlgan 7-8 ta kichik guruhlarga ajratadi. Har bir guruh 28 ta kartochkani olishadi va guruh ishtirokchilariga 5 tadan tarqatiladi. Qolgan 8 ta karta yuztuban qilib qoʻyiladi. Bu kartalar “banki” yoki “bozori” deb yuritiladi. Agarda bir kartadagi tushunchaga mos boshqa tushuncha topilmasa “banki” yoki “bozori” dan olinadi. Topilguncha oladi. Agar “bozori”da qolmagandan keyin ham mos keluvchisi mavjud bo’lmasa keyingi ishtirokchi yuradi. Kim birinchi kartochkalarini tugatsa gʻolib boʻladi. Oʻyin ishtirokchilarda kartalar tugaguncha davom etadi.
Maqsadi: Oʻzbekiston soliq tizimi, soliqlar va ularning turlari, soliqqa tortish asoslari va soliq toʻlovchilarning huquqlari va majburiyatlari mavzularini mustahkamlash, bilim va koʻnikma shakllantirish.
Vazifalari:
• Bevosita va bilvosita soliqlarni farqlash.
• Soliq toʻlovchilar kim ekanligini aniqlash.
• Soliq munosabatlari subyektlarini oʻrganish.
• Soliq turlarini oʻrganish.
• Soliq stavkalarini farqlash.
• Soliq munosabatlari subyektlarini huquq va majburiyatlari haqida maʼlumot berish.
Kompetensiyalar:
• Soliqlarni boshqa majburiy toʻlovlardan farqlash.
• Tadbirkorlar toʻlaydigan soliqlarni tushunish.
Materiallar tarkibi:
Ssenariy
“Domino” kartochkalari
Yuklab olish: O'yin manbasi
Statistika: 33 marta yuklab olingan
O'yinlarga qaytishDesigned by: Abduazizkhon Shomansurov