Muallif: TDIU
Tavsifi: Pulni samarali ishlat – bu bolalarga pul mablag‘larini to‘g‘ri boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan o‘yin. O‘yin bolalarda yoshligidanoq shaxsiy pul mablag‘larini to‘g‘ri sarflash hamda, pul malag‘lariga nafliligi yuqori va ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo‘yicha ularda moliyaviy savadxonlikni oshirishga qaratilgandir. Bu o‘yinda ma’lum bir ertakdagi vaziyat bolalarga o‘qib beriladi va bu vaziyatda ertak qahramonini nomidan o‘yin ishtirokchilari qaror qabul qilishadi.
Mavzu: Umumiy
Ishtirokchilar yoshi: 10 - 13 yosh
Ishtirokchilar soni: 2 - 30
Davomiyligi: 25 - 30 daqiqa
Format: offline
Qoidasi: O‘yin shartlariga ko‘ra, o‘qituvchi oldindan tayyorlangan ertak singari bir voqeani ishtirokchilarga (o‘quvchilarga) o‘qib beradi. Ertakda qahramon sifatida Balu laqabli ayiq bolasi va uning ma’lum bir xaridlari haqida vaziyatni aytib beradi. Har bir ishtirokchiga mahsulotlar tasvirlargan oldindan tayyorlab qo‘yilgan qog‘oz va o‘yin uchun maxsus yasalgan qog‘oz pullarni tarqatadi. O‘yinda ishtirok etayotgan o‘quvchilar o‘qituvchilari tomonidan o‘qib berilgan ertakdagi vaziyatni eshitgan holda ma’lum bir tavarlarni tanlaydilar va har bir ishtirokchi o‘zlarini tanlovlari haqida o‘qituvchilariga izoh beradilar. O‘qituvchi ishtirokchilarni (o‘quvchilarni) tanlagan tavarlarini ertakdagi vaziyatga muvofiqligini hamda hisob-kitoblar to‘g‘ri bajarilganini baholaydi. Agar o‘yin ishtirokchilari to‘g‘ri hisob-kitob qilgan holda vaziyatni to‘g‘ri baholagan bo‘lsa ularga oldindan tayyorlangan maxsus ko‘k rangdagi nishonni beradi, agar xatoga yo‘l qo‘ygan ishtirokchi bo‘lsa unga yashil rangdagi nishonni beradi.
Maqsadi: O‘quvchilarning vaziyatni hisobga olgan holda mablag‘larini to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakillantirish, mantiqiy va matematik fikrlashni rivojlantirish.
Vazifalari:
• O‘yin ishtirokchilarni shaxsiy va oilaviy budjet tushunchasi va uning tuzilishi bilan tanishtirish.
• Xaridlar vaqtida pulni tejash va rejalashtirish muhimligini tushuntirish.
• Narxlarni tahlil qilish va taqqoslash qobiliyatini rivojlantirish.
Kompetensiyalar:
• Doimo xarajatlarni rejalashtirish zarurligini tushunish.
• Bir xil tovarlar yoki xizmatlar turli joylarda, turli vaqtlarda va turli sotuvchilardan turli narxlarga sotilishi mumkinligini bilish va tahlil qilish.
• Xohish istaklarni moliyaviy holatdan kelib chiqgan holda samarali boshqarish.
Materiallar tarkibi:
Ssenariy
Maxsus mahsulotlar va narxlari yozilgan kartochka (1-ilova)
Yasama pullar (2-ilova)
Nishonlar ko‘k va yashil rangli (3-ilova)
Yuklab olish: O'yin manbasi
Statistika: 23 marta yuklab olingan
O'yinlarga qaytishDesigned by: Abduazizkhon Shomansurov