Muallif: TDIU
Tavsifi: Mazkur oʻyinni kichik guruhlarga boʻlinib oʻynash orqali oʻquvchilar bank operatsiyalari bilan bogʻliq bilim va koʻnikmalarini mustahkamlab olishlari mumkin. Shuningdek, oʻyin davomida ishtirokchilar guruh boʻlib ishlashni va sogʻlom raqobat muhitida oʻz bilimlari orqali gʻalabaga intilishni oʻrganadilar. Oʻyin bank sohasida qiziqarli savol va masalalarni qamrab olgan boʻlib, guruh aʼzolaridan tezkorlikni, bank sohasidagi bilim va hisob-kitob koʻnikmalarini talab etadi. Bu oʻyin pul va banklar, investitsiya mavzulari oʻtilganidan soʻng oʻynalsa maqsadga muvofiq boʻladi. Oʻquvchilar savol va masalalarga guruhga boʻlingan holda javob beradilar.
Mavzu: Umumiy
Ishtirokchilar yoshi: 15 - 18 yosh
Ishtirokchilar soni: 20 - 24
Davomiyligi: 35 - 40 daqiqa
Format: offline
Qoidasi: Dars boshida oʻqituvchi dastlab sinfdagi oʻquvchilar soniga qarab oʻquvchilarni 4 ta ishtirokchidan iborat kichik guruhlarga ajratib oladi. Bunday guruhlarni soni 5-6 ta boʻlishi mumkin. Har bir guruh oʻzlariga nom tanlaydi. Oʻyinning asosiy qoidasi bu bank operatsiyalari bilan bogʻliq bekatlarda tegishli topshiriqlarni bajarish, vaziyatli savollarga oʻzlarining fikrlarini bildirib javob berib, ballarni yigʻib borishdan iborat. Oʻyinda 5 ta bekat boʻlib, har bir bekat maʼlum bir bank operatsiyasi bilan bogʻliq topshiriqlardan iborat va quyidagicha nomlanadi: 1-bekat. "Kelajak uchun pul jamgʻarish" 2- bekat. Sizga kredit kerakmi? 3-bekat. Qaysi davlatning valyutasini olasiz? 4-bekat. Ehtiyot boʻling firibgarlar! 5-bekat. Naqd pul yoki bank kartasi?! Guruhlar oʻzlariga nom topib boʻlgach, javoblar varagʻida koʻrsatilgan marshrut boʻylab, birma-bir bekatlarda topshiriqlarni bajarib, oʻtib boradilar. Oʻyin oxirida ballar hisoblanadi va gʻolib guruh aniqlanadi. Yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar oʻqituvchi bilan muhokama qilinadi.
Maqsadi: bank operatsiyalari turlarini oʻrganish va omonatlar, kredit, valyuta ayirboshlash, bank kartalaridan foydalanish, firibgarliklardan ehtiyot boʻlish boʻyicha oʻquvchilar ongida boshlangʻich koʻnikmalar hosil qilish.
Vazifalari:
• oʻyin orqali bank operatsiyalariga qiziqishini oshirish;
• oʻquvchilarning omonat(depozit)lardan samarali foydalanish qobiliyatini rivojlantirish va mustahkamlash;
• qachon kredit olish mumkin va qachon mumkin emasligini tushuntirish;
• turli davlatlar valyutalari va valyuta operatsiyasi bilan tanishtirish;
• bank kartalaridan foydalanish bilan bogʻliq firibgarliklardan qanday qochish kerakligini oʻrgatish.
Kompetensiyalar:
• bank operatsiyalari turlari va mazmunini tushunish;
• bank omonatlari, valyuta ayirboshlash bilan bogʻliq hisob-kitoblarni qilish;
• moliyaviy qarorlar qabul qilish;
• tezkor, toʻgʻri va kreativ fikrlash.
Materiallar tarkibi:
Ssenariy
Taqdimot (Bank operatsiyalari o’yini javoblari)
Yordamchi materiallar (har bir bekat uchun topshiriq varaqalari, guruhlar uchun javoblar varaqalari)
Yuklab olish: O'yin manbasi
Statistika: 17 marta yuklab olingan
O'yinlarga qaytishDesigned by: Abduazizkhon Shomansurov