Muallif: TDIU
Tavsifi: Shaxsiy moliya — bu bolalarga pul ishlash koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan oʻyin. Oʻyin davomida bolalar moliyaviy qarorlar qabul qilishni talab qiladigan turli xil vaziyatlarga duch kelishadi.
Mavzu: Umumiy
Ishtirokchilar yoshi: 13 - 15 yosh
Ishtirokchilar soni: 0 - 100
Davomiyligi: 40 - 45 daqiqa
Format: offline
Qoidasi: Oʻyin shartlariga koʻra, ota-onalar har bir ishtirokchiga choʻntak xarajatlari uchun haftaning har kuni 50 000 soʻmdan berishadi. Maktabda standart tushlik 30 000 soʻm turadi, ishtirokchilar uni har kuni sotib olishadi, qolgan 20 000 soʻm esa oʻz xohishiga koʻra ishlatilishi mumkin. Shuningdek, uyda ishtirokchilar 500 000 soʻmni oʻz ichiga olgan maxsus jamgʻarma bankiga ega – bu pulni ularga bobosi va buvisi tugʻilgan kunida berishgan. Oʻyinni boshqarayotgan taqdimotchi (oʻqituvchi) oʻyinda 16 ta holatlarni raqamlar ketma-ketligida javoblari bilan birga oʻqiydi. Ishtirokchilar (oʻquvchilar) vaziyat raqamini va tanlangan javob variantini belgilaydilar. Oʻyin samarali boʻlishi va oʻquvchilarda shaxsiy moliya boʻyicha yaxshi koʻnikma hosil boʻlishi uchun, taqdimotchi (oʻqituvchi) tomonidan ishtirokchilarga (oʻquvchilar) pulni tejash kerakli aytilmasligi kerak. Oʻquvchilarga oʻyin maqsadini aytmang, aksincha ularning eʼtiborini har bir vaziyat boʻyicha erkin javob berishlariga qaratish maqsadga muvofiq. Oʻyinni oʻynash uchun har bir oʻyindagi holatni aks ettiruvchi taqdimotdan foydalanishingiz mumkin. Bu oʻquvchilar uchun oʻyinni yanada qiziqarli boʻlishi ta’minlab beradi.
Maqsadi: Oʻquvchilarning shaxsiy mablagʻlarini boshqarish boʻyicha amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish.
Vazifalari:
• Pul bilan bogʻliq boʻlgan vaziyatlarni muhokama qilish.
• Moliyaviy yechimlarni talab qiladigan vaziyatlarni ongli ravishda aniqlashni oʻrgatish.
• Har bir qabul qilingan moliyaviy qarorlarning oqibatlarini baholashni oʻrgatish.
• Shaxsiy moliyaviy rejalashtirish asoslarini oʻrgatish
Kompetensiyalar:
• Doimo daromad va xarajatlarni rejalashtirish zarurligini tushunish..
• Kundalik turmush sharoitida shaxsiy daromad varianatlarini izlashga tayyorligini namoyish etish.
• Shaxsiy mablagʻlarni taqsimlash boʻyicha moliyaviy qarorlar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olish va bu qarorlarning oqibatlarini tushunish.
• Xohish istaklarni moliyaviy holatdan kelib chiqqan holda samarali boshqarish.
Materiallar tarkibi:
Ssenariy
“Biznes oʻyin-shaxsiy moliya“ oʻyini taqdimoti
Tarqatma material
Yuklab olish: O'yin manbasi
Statistika: 19 marta yuklab olingan
O'yinlarga qaytishDesigned by: Abduazizkhon Shomansurov