Muallif: TDIU
Tavsifi: Mazkur interaktiv oʻyin yuqori sinf oʻquvchilari (10-11) uchun moʻljallangan boʻlib, oʻyin orqali oʻquvchilar investitsiya boʻyicha olgan bilimlarini mustahkamlashga yordam berib, kelajakda bu ularga oʻzlarining shaxsiy jamgʻarmalarini turli investitsiya instrumentlariga yoʻnaltirish orqali daromad olish boʻyicha tushunchalar beradi. Bu oʻyin asosan “Iqtisodiy bilim asoslari” va “Tadbirkorlik asoslari” fanining Investitsiya faoliyati mavzusi doirasida oʻynalsa maqsadga muvofiq boʻladi. Oʻyin guruhlar oʻrtasida oʻtkaziladi.
Mavzu: Umumiy
Ishtirokchilar yoshi: 15 - 18 yosh
Ishtirokchilar soni: 25 - 30
Davomiyligi: 40 - 45 daqiqa
Format: offline
Qoidasi: Dars boshida oʻqituvchi sinfdagi oʻquvchilar soniga qarab 5-6 ta ishtirokchidan iborat guruh sifatida shakllantirishi mumkin. Bunday guruhlarni soni 5-6 ta boʻlishi mumkin. Har bir guruh oʻzlariga nom tanlaydi. Oʻyin 2 bosqichdan iborat. Har bir bosqichda guruhlar bajarilgan vazifalarga qarab (yasama) pul toʻplab borishadi. I bosqichda Microsoft Power Point dasturida (bunday sharoit mavjud boʻlmasa A4 formatdagi qogʻozga chiqarib olish mumkin yoki oʻyindan oldin kartochka koʻrinishida tayyorlab olish ham mumkin) tayyorlangan investitsiya va sugʻurtaga oid savollar beriladi. Qaysi guruh savollarga toʻgʻri javob bersa, oʻsha guruhga ramziy pul mukofot sifatida beriladi. I bosqichda tezkorlik gʻalaba qozonishni kaliti boʻladi. II bosqichda har bir guruh ishtirokchisi uchun oldindan savollar tayyorlab qoʻyiladi. Guruh ishtirokchilari birin-ketin oʻzlari tanlagan savollarga individual tarzda javob berishadi. Toʻgʻri javob mukofotlanadi, notoʻgʻri javob uchun guruh jarimaga tortiladi. Oʻyin oxirida yigʻilgan pullar hisoblanadi va gʻolib guruh aniqlanadi. Gʻoliblik jamoa ishtirokchilari yuqori baho olishi uchun asos boʻlishi mumkin.
Maqsadi: turli investitsiya instrumentlarini nomini, ularning farqini va qisman ularni hisoblash orqali kutilayotgan daromadni baholash boʻyicha oʻquvchilar ongida boshlangʻich koʻnikmalar hosil qilish.
Vazifalari:
• oʻyin orqali oʻquvchilarni investitsiya mavzulari boʻyicha olingan bilimlarni oshirish va baholash;
• Fanga qiziqtirish.
• Kelajakda investitsiya qilib daromad olishga qiziqtirish
Kompetensiyalar:
• Investitsiya oid atamalarni mazmunini tushunish.
• Investitsiyadan kutilayotgan daromadni hisob-kitob qilishini oʻrganish
• Tezkor, toʻgʻri va kreativ fikrlash.
Materiallar tarkibi:
Ssenariy
Taqdimot (1-bosqich uchun savollar, 2-bosqich uchun savollar)
2-bosqich savollari
Natijalarni hisoblash jadvali
Yasama pullar
Yuklab olish: O'yin manbasi
Statistika: 44 marta yuklab olingan
O'yinlarga qaytishDesigned by: Abduazizkhon Shomansurov