“Bank bilimdoni” oʻyini

“Bank bilimdoni” oʻyini

Muallif: TDIU

Tavsifi: Mazkur oʻyinni jamoa boʻlib oʻynash orqali oʻquvchilar bank faoliyati bilan bogʻliq bilimlarini mustahkamlab olishlari mumkin. Shuningdek, oʻyin davomida ishtirokchilar guruh boʻlib ishlashni va sogʻlom raqobat muhitida oʻz bilimlari orqali gʻalabaga intilishni oʻrganadilar. Oʻyin bank sohasida qiziqarli savol va masalalarni qamrab olgan boʻlib, guruh aʼzolaridan tezkorlikni, bank sohasidagi bilim va hisob-kitob koʻnikmalarini talab etadi. Bu oʻyin pul va banklar, investitsiya mavzulari oʻtilganidan soʻng oʻynalsa maqsadga muvofiq b oʻladi. Oʻquvchilar savol va masalalarga guruhga boʻlingan holda javob beradilar.

Mavzu: Umumiy

Ishtirokchilar yoshi: 15 - 18 yosh

Ishtirokchilar soni: 25 - 30

Davomiyligi: 35 - 40 daqiqa

Format: offline

Qoidasi: Dars boshida oʻqituvchi dastlab sinfdagi oʻquvchilar soniga qarab oʻquvchilarni 5 ta ishtirokchidan iborat kichik guruhlarga ajratib oladi. Bunday guruhlarni soni 5-6 ta boʻlishi mumkin. Har bir guruh oʻzlariga nom tanlaydi va guruh sardorini saylaydi. Oʻyin asosiy qoidasi bu taqdimotda berilgan savol, test, topshiriq va masalalarga toʻgʻri javob berib, tegishli ballarni toʻplab borishdan iborat. Taqdimotdagi savol va topshiriqlar banklar bilan bogʻliq 6 ta mavzu guruhiga ajratilgan, har bir guruhda turli ballar bilan baholanadigan 5 tadan savol va topshiriqlar yashirilgan. Shu bilan bir qatorda, oʻquvchilarga oʻyin yanada qiziqroq boʻlishi uchun bonus va jarima ballari ham kiritilgan. Guruhlar nomi va sardorlari aniq boʻlgach, qurʼa tashlash yoʻli bilan oʻyinni kim boshlab berishi aniqlanadi. Va shu guruh sardori oʻz guruhi bilan kelishgan holda mavzu va undagi ballni tanlaydi. Savollarga javobni oʻylash uchun guruh aʼzolariga 1 daqiqa vaqt beriladi, agar toʻgʻri javob berilsa, tanlangan ball guruh hisobiga yoziladi, agar javob yoʻq va yoki notoʻgʻri boʻlsa, raqib guruhlarda shu savolga toʻgʻri javob tayyor boʻlsa, unda tegishli ballni toʻgʻri javob bergan jamoa oladi. Savollarni tanlash va javob berish imkoniyati qurʼa tashlash yoʻli bilan aniqlangan tartibda navbatma-navbat beriladi. Oʻyin oxirida ballar hisoblanadi va gʻolib guruh aniqlanadi. Gʻoliblik jamoa ishtirokchilari yuqori baho olishi uchun asos boʻlishi mumkin.

Maqsadi: banklar va ularning xizmat turlarini oʻrganish va omonatlar, valyuta ayirboshlash, bankomatlardan foydalanish boʻyicha oʻquvchilar ongida boshlangʻich koʻnikmalar hosil qilish.

Vazifalari:
• oʻyin orqali oʻquvchilarning pul va banklar mavzulari boʻyicha olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish;
• Moliya va bank sohasiga qiziqishini oshirish.
• Bank xizmatlarini tushuntirish va ulardan foydalanishga qiziqtirish

Kompetensiyalar:
• Bank sohasiga oid atamalar mazmunini tushunish.
• Bank omonatlari, valyuta ayirboshlash bilan bogʻliq hisob-kitoblarni qilishini oʻrganish
• Bank xizmatlari mohiyati va turlarini anglash
• Tezkor, toʻgʻri va kreativ fikrlash.

Materiallar tarkibi:
Ssenariy
“Bank bilimdoni” taqdimoti
Yordamchi materiallar (ballarni hisobga olish jadvali va “Bizda javob bor” kartochkasi)

Yuklab olish: O'yin manbasi

Statistika: 80 marta yuklab olingan

O'yinlarga qaytish

TDIU

Mazkur platforma “O‘quvchilar uchun moliyaviy o‘yinlarga asoslangan majmua va uning platformasini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha doirasida ishlab chiqilgan.