BRENDLAR VA TERMINOLOGIYA

BRENDLAR VA TERMINOLOGIYA

Muallif: TDIU

Tavsifi: Mazkur oʻyinda oʻquvchilar iqtisodiy va moliyaviy terminlarning maʼnolarini tushunib oladilar hamda ularni toʻgʻri qoʻllashni oʻrganadilar. Oʻyin 3 bosqichdan iborat boʻlib, shartlari oddiydan murakkablashib boradi. Bu topshiriq asosan korxonalar moliyasi mavzularida oʻtilsa maqsadga muvofiq boʻladi. Oʻquvchilar topshiriqlarni guruhlarda bajaradilar.

Mavzu: Umumiy

Ishtirokchilar yoshi: 13 - 18 yosh

Ishtirokchilar soni: 25 - 30

Davomiyligi: 40 - 45 daqiqa

Format: offline

Qoidasi: Dars avvalida oʻquvchilar 4-5 ishtirokchidan iborat boʻlgan guruhlarga boʻlinadilar va guruhlar oʻzlariga nom tanlaydilar. Oʻyin 3 bosqichdan iborat. Har bir bosqichda guruhlar topgan terminlariga qarab bal toʻplab boradilar. 1-bosqichda slaydlarda ko’rsatilgan brendlar rasmlariga qarab soʻzni topadilar. 2-bosqichda guruhlarda oʻquvchilar bir-birlariga tushuntirib beradilar va oxirgi bosqichda chaqqonlik bilan oʻqituvchi taʼrif bergan terminni doskaga yopishtirilgan terminlar orasidan topishlari kerak boʻladi. Oʻyin oxirida ballar jamlanadi va yuqori bal olgan guruh oʻquvchilariga yuqori baho qoʻyiladi.

Maqsadi: Oʻquvchilarda iqtisodiy va moliyaviy tushunchalarni esda qoldirish va toʻgʻri qoʻllashga oʻrgatish.

Vazifalari:
• Korxonalarga oid moliyaviy va iqtisodiy atamalarni oʻrgatish.
• Fanga qiziqtirish.
• Moliyaviy yoki iqtisodiy atamalarni toʻgʻri qoʻllashni oʻrgatish.
• Brendlar bilan tanishtirish
• Kreativlikni oshirish.

Kompetensiyalar:
• Moliyaviy atamalarni mazmunini tushunish.
• Moliyaviy atamalarni toʻgʻri qoʻllay bilish.
• Korxonalarda boʻladigan moliyaviy jarayonlarni bilish.
• Tanqidiy va kreativ fikrlash.

Materiallar tarkibi:
Ssenariy
Videorolik
Taqdimot (Brendlar rebusi)
Tarqatma materiallar (2 ta)

Yuklab olish: O'yin manbasi

Statistika: 131 marta yuklab olingan

O'yinlarga qaytish

TDIU

Mazkur platforma “O‘quvchilar uchun moliyaviy o‘yinlarga asoslangan majmua va uning platformasini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha doirasida ishlab chiqilgan.