Muallif: TDIU
Tavsifi: Mazkur oʻyin oʻquvchilarning Oʻzbekiston soliq tizimi va tadbirkorlar huquqlari haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi. Oʻyin 18 ta vaziyatli tushuncha asosida oʻtkazilib, oʻquvchilar ularni “toʻgʻri” yoki “xato” deb baholaydilar. Tushunchani toʻgʻri aniqlagan taqdirda, soliq davlat byudjetiga tushadi va oʻquvchi bal oladi. Aks holda, soliq korrupsiyaga ketib, oʻquvchi bal yoʻqotadi. “Iqtisodiy bilim asoslari” va “Tadbirkorlik asoslari” fanlari uchun tavsiya etiladi.
Mavzu: Umumiy
Ishtirokchilar yoshi: 15 - 18 yosh
Ishtirokchilar soni: 25 - 30
Davomiyligi: 35 - 40 daqiqa
Format: offline
Qoidasi: Dars avvalida oʻqituvchi slaydlarni birini ochadi va ixtiyoriy bir oʻquvchi slaydda koʻrsatilgan tushunchani izohlaydi va “to‘gʻri” yoki “xato” tugmalaridan birini boshadi. Agar haqiqatdan ham oʻquvchi toʻgʻri boʻlgan tushunchani toʻgʻri ekanligini topsa va tanga davlat budjetiga tushsa 1 bal oladi. Rasmdagi tadbirkor haqida maʼlumot bersa ham 1 bal oladi. Agar oʻquvchi, aslida toʻgʻri boʻlgan tushunchani xato deb belgilab qoʻysa, tanga soliqchi qoʻliga ketadi va oʻquvchi hech qanday bal olmaydi. Lekin rasmdagi tadbirkor haqida maʼlumot bersa 1 bal olishi mumkin boʻladi.
Maqsadi: Soliqlar va tadbirkorlik haqida oʻquvchilarda darsda oʻtilgan mavzularni mustahkamlash, bilim va koʻnikma shakllantirish.
Vazifalari:
• Yuridik shaxs haqida tushuncha berish.
• Soliq toʻlovchilar kim ekanligini aniqlash.
• Soliq munosabatlari subyektlarini oʻrganish.
• Soliq turlarini oʻrganish
• Soliq munosabatlari subyektlarini huquq va majburiyatlari haqida maʼlumot berish.
Kompetensiyalar:
• Soliqlarni boshqa majburiy toʻlovlardan farqlash.
• Tadbirkorlar toʻlaydigan soliqlarni tushunish.
Materiallar tarkibi:
Ssenariy
“Tadbirkor va soliqchi” taqdimoti
Yuklab olish: O'yin manbasi
Statistika: 113 marta yuklab olingan
O'yinlarga qaytishDesigned by: Abduazizkhon Shomansurov