Moliyaviy bingo

Moliyaviy bingo

Muallif: TDIU

Tavsifi: Moliyaviy bingo- bu oʻquvchilarda moliyaga oid asosiy tushunchalar boʻyicha koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan oʻyin.

Mavzu: Umumiy

Ishtirokchilar yoshi: 13 - 15 yosh

Ishtirokchilar soni: 25 - 30

Davomiyligi: 55 - 60 daqiqa

Format: offline

Qoidasi: Oʻyin ikki bosqichdan iborat boʻladi va har bir bosqichda oʻquvchilar oʻzlari uchun berilgan vazifalarni bajarishlari talab etiladi. Birinchi bosqichda oʻqituvchi moliyaviy atamalarni taʼrifini oʻqiydi, oldindan oʻquvchilarga tarqatilgan ikki xil variantli kartochkalarda esa bir qancha moliyaviy atamalar yozilgan boʻladi. Qaysi oʻquvchi oʻziga tarqatilgan kartochkadagi atamani topa olsa, kartochkasidagi atamani belgilab qoʻyadi. Qaysi oʻquvchi birinchi boʻlib bu kartochkadagi moliyaviy atamalarni toʻliq topgan taqdirda baland ovoz bilan “BINGO” deb aytadi. Va birinchi bosqich gʻolibi boʻladi. Ikkinchi bosqichda esa har bir oʻquvchilarga yana besh xil variantga ega kartochkalar tarqatiladi, bunda oʻquvchilar oʻzlariga sherik tanlashadi. Oʻquvchilar oʻzlariga tushgan varinatli kartochkalaridagi savollarga sheriklaridan javob olishadi, oʻyin shunday davom etadi toki oʻquvchilardagi kartochkalardagi barcha savollar topilgunga qadar. Kimning kartochkasidagi savollar birinchi boʻlib toʻldirilsa o‘sha ishtirokchi gʻalaba qozonadi va u ham “BINGO” deb balandroq ovozda gapiradi. Agar oʻyin davomida oʻquvchilar moliyaviy atamani maʼnosini bilmasa, u holda moliyaviy tushunchani oʻqituvchini oʻzi oʻyin soʻngida tushuntirib beradi.

Maqsadi: Oʻquvchilar uchun moliyaviy taʼlimni rivojlantirish va moliya boʻyicha mavjud bilimlarni yanada oshirishdir.

Vazifalari:
• Moliya sohasidagi bilimlarni umumlashtirish va mustahkamlash.
• Shaxsiy moliya, oila budjeti, daromad manbalari va xarajatlar turlari haqida tushuncha hosil qilish.
• Asosiy moliyaviy tushunchalarni va taʼriflarni bilish va tekshirish.
• Pulni iqtisod qilish shu bilan birga tejamkorlik va shaxsiy jamgʻarmani shakllantirish boʻyicha qaror qabul qilishni oʻrganish.

Kompetensiyalar:
• Risklarni aniqlash va mablagʻlarni yo‘qotish xavfi bilan bogʻliq moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda toʻgʻri qaror qabul qilish.

Materiallar tarkibi:
Ssenariy
Maxsus kartochkalar ikki xil variantlik (1-ilova)
Maxsus kartochkalar besh xil variantlik (2-ilova)

Yuklab olish: O'yin manbasi

Statistika: 36 marta yuklab olingan

O'yinlarga qaytish

TDIU

Mazkur platforma “O‘quvchilar uchun moliyaviy o‘yinlarga asoslangan majmua va uning platformasini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha doirasida ishlab chiqilgan.