Muallif: TDIU
Tavsifi: “Jumboqli soʻzlar” oʻyini oʻquvchilarni soʻzlarni toʻgʻri tartibga keltirish orqali moliya, soliq va iqtisodiyot sohalaridagi asosiy atamalarni oʻrganishga chorlaydi. Har bir soʻz chalkashtirilgan va uni toʻgʻrilash uchun oʻquvchilar mantiqiy fikrlash va yod olish koʻnikmalaridan foydalanadilar. Bu qiziqarli jumboqli oʻyin orqali oʻquvchilar bilim olishni zavq bilan amalga oshiradilar. Oʻyin ikki bosqichli boʻlib, avvalgi bosqichda atamalar toʻgʻrilanadi keyin esa soʻzlarga taʼrif beriladi. Oʻyinda gʻolib boʻlish uchun oʻquvchilar berilgan vaqt davomida barcha atamalarni toʻgʻri topishlari va soʻzlarni toʻliq taʼriflab berishlari kerak. Oʻyin 10-13 yoshdagi maktab oʻquvchilari uchun uchun moʻljallangan.
Mavzu: Umumiy
Ishtirokchilar yoshi: 10 - 13 yosh
Ishtirokchilar soni: 25 - 30
Davomiyligi: 15 - 20 daqiqa
Format: offline
Qoidasi: Oʻyin ikki bosqichli boʻlib, 1-bosqichda oʻqituvchi oʻquvchilarni 5 ta guruhlarga ajratadi va har bir guruhga 10 ta jumboqli soʻzlar tarqatiladi. Oʻqituvchi 5 daqiqalik vaqtni belgilaydi. Guruhlar mazkur belgilangan vaqt davomida chalkash soʻzlarni toʻg‘rilab chiqishlari shart. Vaqt tugagandan soʻng, guruhlarga toʻgʻrilagan soʻzlari soniga qarab bal beriladi. Agar bir necha guruhlarda ballar teng boʻlib qolsa, oʻyinning ikkinchi bosqichida guruhlar tomonidan soʻzlarga taʼrif beriladi. Har bir toʻgʻri taʼriflangan atama uchun ham guruhlar bal oladilar. Oʻyin natijalarni sarhisob qilish va gʻolib guruhni taqdirlash bilan yakunlanadi.
Maqsadi: Oʻquvchilarning moliya, soliq va iqtisodiyot sohalaridagi asosiy atamalarni oʻrganishlarini qiziqarli shaklda ragʻbatlantirish. Soʻzlarni chalkash holdan toʻgʻri tartibga keltirish orqali oʻquvchilar oʻz bilimlarini mustahkamlaydilar va yod olish, mantiqiy fikrlash kabi koʻnikmalarini rivojlantiradilar.
Vazifalari:
• Mavzuni oʻyin orqali oʻquvchilarga yetkazib berish.
• Fanga oid atamalar izohini oʻquvchilar tomonidan tushunish.
• Mantiqiy fikrlash
Kompetensiyalar:
• Tezkorlik.
• Diqqat va konsentratsiya.
• Oʻz-oʻzini nazorat qilish.
• Jamoaviy ish.
Materiallar tarkibi:
Ssenariy
“Jumboqli soʻzlar” banki
“Jumboqli soʻzlar” banki javoblari
Yuklab olish: O'yin manbasi
Statistika: 68 marta yuklab olingan
O'yinlarga qaytishDesigned by: Abduazizkhon Shomansurov