Muallif: TDIU
Tavsifi: Ishtirokchilarni bank atamalari bilan tanishtirishga va qaysi maʼlumotlar maxfiy ekanligini va nima uchun uni tarqatmaslik muhimligini tushunishga qaratilgan kommunikativ oʻyin. Oʻyinda ishtirokchilar kartalarda berilgan atamalarni tushuntirishlari kerak. Bunda baʼzi oʻyinchilar kartalarda qanday atama yozilganligini bilishadi (lekin uni ayta olmaydi, sir saqlaydi), baʼzi oʻyinchilar (aygʻoqchilar) qolganlarning tavsiflariga koʻra, bu qanday atama ekanligini taxmin qilishlari kerak. Oʻyin bir necha raundda oʻtkaziladi. Har bir raund 5 daqiqa davom etadi. Bir raundning davomiyligi ishtirokchilarning tezligiga qarab uzunroq yoki qisqaroq boʻlishi mumkin, asosiy shart shundaki, hamma gapirishi kerak.
Mavzu: Umumiy
Ishtirokchilar yoshi: 13 - 15 yosh
Ishtirokchilar soni: 10 - 15
Davomiyligi: 35 - 40 daqiqa
Format: offline
Qoidasi: Bir oʻyinda 15 tagacha ishtirokchi qatnashadi. 15 ta ishtirokchining 11-12 nafari oddiy oʻyinchilar va qolgan 3-4 nafari aygʻoqchilar boʻladi. Rollar kartalarni berish orqali tasodifiy tartibda taqsimlanadi. Barcha oddiy oʻyinchilarning kartalarida sir saqlanishi kerak boʻlgan bir xil maxfiy atama, aygʻoqchilar kartalarida esa ularning aygʻoqchiliklari yozilgan boʻladi. Ishtirokchilar aylana shaklida joylashishadi. Har bir raundda faqat bitta tushuncha tushuntiriladi (yaʼni, birinchi turda, masalan, barcha ishtirokchilar "kredit" tushunchasini tushuntirishlari kerak, keyingi raundda ular boshqa kartani olishadi). Kartalar har bir raundda tasodifan taqsimlanadi, mos ravishda har bir raundda oʻyinchilar va aygʻoqchilar har xil boʻlishi mumkin. Bir raund davomida barcha oddiy oʻyinchilar kartasida yozilgan atama haqida (atamaning nomini aytmasdan) aniqlashtiruvchi savol-javoblar orqali muloqot olib boriladi. Muloqot dialog shaklida amalga oshiriladi, birinchi oʻyinchi oʻz kartasida koʻrgan tushunchasi bilan bogʻliq biron bir savol beradi, ikkinchi oʻyinchi birinchi oʻyinchining savoliga javob beradi va keyin uchinchi oʻyinchiga oʻz savolini beradi va hokazo. Shunday qilib, oʻyinchilarning ham, aygʻoqchilarning ham asosiy harakati oʻyin davomida savollar berish va ularga javob berishdir. Bir raund har bir ishtirokchi gapirib boʻlgandan soʻng tugaydi. Barcha ishtirokchilar oʻz javoblarini berganlarida, oʻqituvchi (moderator) aygʻoqchilar, agar ular atamani topgan boʻlsalar, javoblarini kartalarning orqa tomoniga yozishlari uchun oʻn soniya vaqt berishini aytadi. Ayni paytda oʻyinchilarning vazifasi, shuningdek, kartaning orqa tomoniga aygʻoqchilar kim ekanligi toʻgʻrisida oʻz taxminlarini yozish boʻladi. Agar aygʻoqchilar bilmasalar yoki xato qilsalar, oʻyinchilar gʻalaba qozonishadi, agar aygʻoqchilar toʻgʻri javobni aytishsa, aygʻoqchilar gʻalaba qozonishadi.
Maqsadi: maktab oʻquvchilarida tijorat banklari faoliyati bilan bogʻliq atamalarni turli yondashuvlar asosida tushuntirish va kreativ fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish
Vazifalari:
• oʻyin orqali bank operatsiyalariga qiziqishini oshirish.
• oʻquvchilarga bank faoliyati bilan bogʻliq atamalarni tushuntirish;
• shaxsiy maʼlumotlarni begonalarga oshkor qilishning oqibatlarini tushuntirish;
• oʻquvchilarda kreativlikni va xavfni aniqlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Kompetensiyalar:
• bank atamalarini bilish va mazmunini tushunish;
• vaziyatdan chiqa olish;
• tezkor, toʻgʻri va kreativ fikrlash.
Materiallar tarkibi:
Ssenariy
Oʻyinchilar uchun kartalar
Aygʻoqchilar uchun kartalar
Yuklab olish: O'yin manbasi
Statistika: 31 marta yuklab olingan
O'yinlarga qaytishDesigned by: Abduazizkhon Shomansurov