“Kim investor boʻlmoqchi” oʻyini

“Kim investor boʻlmoqchi” oʻyini

Muallif: TDIU

Tavsifi: Ushbu interaktiv oʻyin yuqori sinfda taʼlim olayotgan oʻquvchilari (8-9) uchun moʻljallangan boʻlib, mazkur oʻyin orqali oʻquvchilar iqtisodiyot fanlarini doirasida investitsiya mavzulari, shuningdek, matematika fanlari boʻyicha olgan bilimlarini mustahkamlashga yordam berib, oʻyin orqali olingan bilimlar kelajakda oʻquvchilarni shaxsiy mablagʻlarini fond bozoridagi bir nechta instrumentlariga investitsiya kiritishdan olingan daromadni hisoblash, kuchli mantiqiy fikrlash orqali maksimal daromad keltiradigan investitsiya strategiyasini tuzish boʻyicha tushunchalar beradi. Bu oʻyin “Iqtisodiy bilim asoslari” va “Tadbirkorlik asoslari” fanlarining Investitsiya faoliyati mavzusi doirasida va “Matematika” fanidan tashkil etilgan interaktiv darslar doirasida ham oʻynalsa maqsadga muvofiq boʻladi. Oʻyin guruhlar oʻrtasida oʻtkaziladi.

Mavzu: Umumiy

Ishtirokchilar yoshi: 13 - 15 yosh

Ishtirokchilar soni: 25 - 30

Davomiyligi: 35 - 40 daqiqa

Format: offline

Qoidasi: Oʻqituvchi oʻyin boshida sinfdagi oʻquvchilarni har biri 5-6 ta ishtirokchidan iborat guruhlarga ajratishi zarur. Guruhlar oʻquvchilar soniga qarab 5-6 ta boʻlishi mumkin. Guruhlar oʻzaro kelishgan holda oʻzlariga nom tanlaydi. Oʻyin 2 bosqichdan iborat. Har bir bosqichda guruhlar bajarilgan vazifalarga qarab yasama pul (ball oʻrnida) toʻplab borishadi. Oʻqituvchi oʻyinni I bosqichi shartlarini tushuntirgandan soʻng shu bosqich uchun oldindan tayyorlab qoʻyilgan tarqatma materiallar beriladi. Oʻyin ishtirokchilari tarqatma materiallarga javoblarni yozishi zarur. I bosqich yakunlangandan soʻng har bir guruh oʻzlarini investitsiya hisob-kitoblari boʻyicha bergan javoblarini izohlab beradi. Javoblar toʻgʻriligiga qarab oʻqituvchi har bir guruhga belgilangan tartibda pul mukofotlarini beradi. Shundan soʻng oʻqituvchi oʻyin ishtirokchilariga II bosqich shartlarini tushuntiradi va oʻyinga boshlashga start beradi. II bosqich yakunlangan, oʻqituvchi javoblarni tekshiradi, natijalarni eʼlon qiladi, guruhlarga javoblariga qarab belgilangan tartibga pul mukofotlarini taqsimlaydi. Oʻyin soʻngida yigʻilgan pullar hisoblanadi va gʻolib guruh aniqlanadi. Gʻoliblik jamoa ishtirokchilari yuqori baho olishi uchun asos boʻlishi mumkin.

Maqsadi: investitsiyalardan olinayotgan daromadni toʻgʻri va tezkorlik bilan kitob-qilish qobiliyatini rivojlantirish, investitsiyalar boʻyicha toʻgʻri qarorlar qabul qilish va sodda investitsiya strategiyasini tuzish boʻyicha oʻquvchilar ongida boshlangʻich koʻnikmalarni shakllantirish.

Vazifalari:
• oʻyin orqali oʻquvchilarni investitsiya va matematik hisob-kitoblar boʻyicha olingan bilimlarni oshirish va baholash;
• Mustaqil va tez qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirish
• Jamoaviy ishlash qobiliyatini rivojlantirish
• Fanga qiziqtirish.
• Kelajakda investitsiya qilib daromad olishga qiziqtirish

Kompetensiyalar:
• Investitsiya oid atamalarni mazmunini tushunish.
• Investitsiyadan kutilayotgan daromadni hisob-kitob qilishini oʻrganish
• Tezkor, toʻgʻri va kreativ fikrlash.

Materiallar tarkibi:
Ssenariy
I va II bosqichlar uchun tarqatma materiallar va savollarning javoblari
Yasama pullar

Yuklab olish: O'yin manbasi

Statistika: 19 marta yuklab olingan

O'yinlarga qaytish

TDIU

Mazkur platforma “O‘quvchilar uchun moliyaviy o‘yinlarga asoslangan majmua va uning platformasini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha doirasida ishlab chiqilgan.