Muallif: TDIU
Tavsifi: Moliyaviy savodxonlikni birga oʻrganamiz – bu oʻquvchilarda moliyaga oid asosiy tushunchalar boʻyicha koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan oʻyin.
Mavzu: Umumiy
Ishtirokchilar yoshi: 15 - 18 yosh
Ishtirokchilar soni: 0 - 100
Davomiyligi: 55 - 60 daqiqa
Format: offline
Qoidasi: Oʻyin boshlanishidan oldin oʻyin ishtirokchilar 3 ta guruhga teng miqdorda taqsimlab chiqiladi. Oʻyinni birinchi jamoaning ishtirokchisi boshlab beradi. Oʻyin kartalaridan birini tanlagandan soʻng maxsus toshni (zarik toshi) stolga uloqtiradi. Maxsus toshda tushgan raqam oʻyin kartasida yozilgan moliyaviy tushunchalardan birini qanday tushuntirishi kerakligini va buni qanday shaklda guruh aʼzolarida bildirish kerakligini bilib oladi. Yaʼni, maxsus toshda 1 yoki 4 raqami tushsa oʻyin kartochkasidagi birinchi moliyaviy tushunchani chizma chizish orqali, 2 yoki 5 raqami tushsa oʻyin kartochkasidagi ikkinchi moliyaviy tushunchani soʻz orqali, 3 yoki 6 raqam tushsa oʻyin kartochkasidagi uchinchi moliyaviy tushunchani pantomima va tovushlar orqali guruh aʼzolariga tushuntirib beradi. Ishtirokchi tomonidan moliyaviy tushunchani guruhdoshlariga tushuntirish uchun 1 daqiqa belgilanadi. Agar guruh 1 daqiqa ichida moliyaviy tushunchani topishsa, ularga yutuq kartasi oʻqituvchi tomonidan guruhga beriladi, agar guruh aʼzolari tomonidan moliyaviy tushuncha topilmasa, raqib guruhdagilar soʻzni topishga urinib koʻrishadi, agar raqib guruhdagilar moliyaviy tushunchani topishsa yutuq kartasi raqib guruhga beriladi. Agar moliyaviy tushunchani tushuntiruvchi oʻyinchi moliyaviy tushunchani maʼnosini bilmasa yoki uni qanday tushuntirishni bilmasa, u holda moliyaviy tushunchani oʻqituvchini oʻzi oʻyin soʻngida tushuntirib beradi. Eng koʻp yutuqli kartani qoʻlga kiritgan guruh gʻalaba qozonadi.
Maqsadi: Oʻquvchilar uchun moliyaviy taʼlimni rivojlantirish va moliya boʻyicha mavjud bilimlarni yanada oshirishdir.
Vazifalari:
• Moliya sohasidagi bilimlarni umumlashtirish va mustahkamlash.
• Asosiy moliyaviy tushunchalarni va taʼriflarni bilish va tekshirish.
• Oʻquvchilarni soʻz boyligini oshirish.
• Oʻquvchilarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
Kompetensiyalar:
• Bolalarning kommunikativ qobiliyatlarini, nutqini va tafakkurini rivojlantirish.
• Oʻquvchilarni shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish: doʻstlik hissi, jamoaviy natija uchun maʼsuliyatni oʻziga olish, jamoaviy ruh, oʻzaro yordam koʻnikmalarni hosil qilish.
Materiallar tarkibi:
Ssenariy
Maxsus kartochkalar (1-ilova)
Guruh nomlari (2-ilova)
Maxsus tosh (3-ilova)
Yutuq kartochkasi (4-ilova)
Yuklab olish: O'yin manbasi
Statistika: 25 marta yuklab olingan
O'yinlarga qaytishDesigned by: Abduazizkhon Shomansurov