Muallif: TDIU
Tavsifi: Mazkur interaktiv oʻyin orqali yuqori sinf (9-11) oʻquvchilari uchun oʻz bizneslarini boshlashni oʻrgatish va qanday kasb egasi boʻlib pul ishlab topishlari haqida tushuncha beriladi. Bu oʻyin asosan “Iqtisodiy bilim asoslari” fanining ilk darslarida bajariladi. Oʻquvchilar individual bajaradilar va partadoshlari bilan fikrlarini almashadilar.
Mavzu: Umumiy
Ishtirokchilar yoshi: 13 - 18 yosh
Ishtirokchilar soni: 25 - 30
Davomiyligi: 40 - 45 daqiqa
Format: offline
Qoidasi: Ilk dars mashgʻulotida oʻqituvchi har bir oʻquvchiga 4 sahifadan iborat tarqatma materiallarni beradi va 1-sahifadagi 4 ta savolga javob berishlarini tushuntiradi. Oʻquvchilar avvalo matnni oʻqishadi va savollarga 6 daqiqa davomida javob berishlari shart. “Katta gʻoyalar – koʻp pullar” shartida esa, Oʻzbekistonda bolalar rasmiy ishlashlari mumkin boʻlgan kasblar haqida oʻqituvchi maʼlumotlar beradi, oʻquvchilar oʻz fikrlarini bildiriladilar va oʻquvchilar jadvalni toʻldiradilar. “Karyera xaritasi” bosqichida, oʻquvchilar partadoshlari bilan jadvalni toʻldiradilar va birgalikda muhokama qiladilar. Soʻnggi shartda, oʻquvchilar 6 guruhga boʻlinadilar, guruhlari bilan yoz faslida yoki boʻsh vaqtlari ishlab pul topishlari mumkin boʻlgan 3 ta faoliyat turini jadvalga yozadilar (eng kreativ hamda noodatiy javoblarni yozgan guruhni oʻqituvchi keyingi darsda yoki bugungi darsda ortiqcha vaqt qolsa eʼlon qiladi. Buning uchun oʻqituvchi har bir guruhning tarqatma materialini yigʻib oladi va guruhlarni oʻz nomlarini shu berilgan tarqatma materialga yozib qoʻyishlari kerakligini eslatib qoʻyadi). Shundan soʻng, Toʻgʻri Xato tushunchalarni birgalikda muhokama qiladilar. Dars soʻnggida har bir guruh bittadan tushunchaga (T/X) fikr bildiradilar.
Maqsadi: Kasb tanlash, oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻquvchilarda koʻnikmalar hosil qilish.
Vazifalari:
• Tadbirkorlik sohasiga qiziqtirish.
• Fanga qiziqtirish.
• Kreativlikni oshirish.
Kompetensiyalar:
• Biznes gʻoyalar yaratish boʻyicha tajribaga erishish.
• Aniq rejalar asosida ishlash boʻyicha koʻnikmaga ega boʻlish.
• Tadbirkorlik va kasb tanlash boʻyicha aniq fikrlar bayon etish.
• Tanqidiy va kreativ fikrlash.
Materiallar tarkibi:
Ssenariy
Tarqatma materiallar (4 ta)
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 20-moddasi
Yuklab olish: O'yin manbasi
Statistika: 39 marta yuklab olingan
O'yinlarga qaytishDesigned by: Abduazizkhon Shomansurov